1982 yilda Qashqadaryo viloyati G‘uzor shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Oliy maʼlumot. Bakalavriat – V 2003 yilda Toshkent avtomobil transporti muhandislari institutini “Transport vositalaridan foydalanish” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Магистр – 2005 yilda Toshkent avtomobil transporti muhandislari institutini “Xalqaro tashishlarni tashkil etish” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
MEHNAT FAOLIYATI
1999-2005 yy. – Toshkent temir yo’l transporti muhandislari instituti talabasi 2005-2006 yy. – “O’ztemiryo’lkonteyner” OAJ Qarshi filiali Dehqonobod ishlab chiqarish uchastkasi ishchisi, yuklarni qabul qiluvchi topshiruvchisi shogirdi, yuklarni qabul qiluvchi topshiruvchisi, shu uchastka ishchisi 2006-2007 yy. – “O’zbekiston temir yo’llari” DATK “Qarshi-Termiz” mintaqviy temir yo’l uzelining Chashmaihafizon stansiyasi navbatchisi, Okrabot stansiyasi navbatchisi 2007-2011 yy. – “O’zbekiston temir yo’llari” DATK Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzelining Dekqonobod stansiyasi boshlig’i 2011-2011 yy. – “O’zbekiston temir yo’llari” DATK Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’ining o’rinbosari-tashish va stansiyalar ishlari bo’limi boshlig’i 2011-2012 yy. – “O’zbekiston temir yo’llari” DATK tashishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari vazifasini bajaruvchisi 2012-2013 yy. – “O’zbekiston temir yo’llari” DATK tashishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari 2013-2013 yy. – “O’zbekiston temir yo’llari” DATK Buxoro mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’ining birinchi o’rinbosari vazifasini bajaruvchisi 2013-2013 yy. – “O’zbekiston temir yo’llari” DATK Buxoro mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’ining vazifasini bajaruvchisi 2013-2013 yy. – “O’zbekiston temir yo’llari” DATK Toshkent mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’ining birinchi o’rinbosari vazifasini bajaruvchisi 2013-2014 yy. – “O’zbekiston temir yo’llari” DATK tashishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari 2014-2015 yy. – “O’zbekiston temir yo’llari” DATK tashishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig’i 2015-2015 yy. – “O’zbekiston temir yo’llari” AJ Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i vazifasini bajaruvchisi 2016-2023 yy. – “O’zbekiston temir yo’llari” AJ Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i 2023 h/v. – O'zbekiston temir yo'llari AJ Toshkent mintaqaviy temir yo'l uzeli boshlig'i vazifasini bajaruvchisi
Norqobilov S.A. oilali, 3 o‘g‘ilning otasi.
Toshkent Mintaqaviy temir yo'l uzel boshlig'i O'zbekiston Respublikasi qonunlarini, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlarini, Oliy Majlis va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Qarorlarini, “O'zbekiston temir yo'llari”AJ buyruqlari, farmoyishlari xamda uzel Nizomida ko'rsatilgan vazifalarni xayotga tadbiq etadi.
Uzel va uning ijrochilik devoniga umumiy raxbarlik qiladi, uzelga yuklangan vazifalarning bajarilishi va“O'zbekiston temir yo'llari” AJ xamda uzel Nizomlariga rioya qilinishi uchun javobgar xisoblanadi, o'z o'rinbosarlari orasida majburiyatini tasdiqlaydi va uzelga yuklangan vazifalarni bajarishda ularning vakolatini aniqlaydi.
Uzel doirasida ishlab chiqarish xo'jaligidagi prognoz ko'rsatkichlar tizimi bo'linmalarining o'rinlar jadvalini tasdiqlaydi.
Uzel ishining samaradorligini, uning yakuniy natijalarini butunlay ta'minlaydi va poezdlar xarakat xavfsizligini oshirish bo'yicha xar tomonlama chora ko'rib umumiy raxbarlikni olib boradi.
Kadrlar siyosatini tadbiq etadi.
Xo'jalik faoliyatini takomillashtirish ( rejalashtirish) masalalarini olib boradi.
Uzel tizimi bo'linmalarining ishini muvofiqlashtirib beradi.
Uzel nizomida unga berilgan vakolat va xuquq chegaralarida xamma masalalarni yechadi va boshqa mansabdor shaxslarga, o'rinbosarlariga, uzel bo'linmalari raxbarlariga aloxida ishlab chiqarish – xo'jalik funktsiyalarini bajarishni topshiradi.
Ijtimoiy adolat printsipini to'g'ri ishlatish, ma'muriy va iqtisodiy raxbarlik usullarini jipslashtirishni, uzel faoliyatida masalalarni yechish va muxokama qilishda xamkasblik va yagona boshliqlikni ta'minlaydi. Uzel bo'linmalariga maxsus Nizomga asosan maxfiy - tartibni ta'minlash bo'yicha tadbirlar chiqarishni tashkillashtiradi va olib boradi.
- Uzel boshlig'ining birinchi o'rinbosari uzel va uning bo'linmalari iqtisodiy va moliyaviy faoliyatini boshqaradi.
- Ishlab chiqarishning samaradorligini, mexnat unumdorligini oshirishga qaratilgan xo'jalikning iqtisodiy faoliyatini tashkil etadi va takomillashtiradi.
- Uzel stantsiya va korxonalarining ishchi va xodimlari tomonidan poezdlar xarakati xavfsizligini ta'minlash bo'yicha me'yoriy xujjatlar va yo'riqnomalarning talabini bajarilishi ustidan nazorat qiladi.
- Moddiy va mexnat resurslarini kam sarflangan xolda yuqori natijalarga erishish bilan ish xaqi va mexnat unumdorligining o'sish bosqichlarini to'g'ri munosabatini ta'minlaydi.
- Uzel va unga qarashli bo'lgan, korxona maqomiga ega bo'lmagan xo'jalik xodimlarining, moddiy yordam, mexnat ta'tili, ish stajini belgilash, o'z xisobidan ta'til xamda kompaniya ta'sarrufidagi va kompaniya buyruqlariga asosan uzelga biriktirilgan o'quv muassasalarini amaliyot o'tish, uch tomonlama shartnomalarni imzolash xuquqiga ega.
- Uzel boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo'yicha masalalarga boshchiliq qiladi, ijrochilik devoni tizimiga va o'rinlar jadvaliga o'zgartirishlar kiritish to'g'risida takliflar bildiradi, aloxida ishlab chiqarish- xo'jalik vazifalarini bajarishni boshqa mansabdor shaxslar, uzelga qarashli bo'linmalar raxbarlariga topshiradi.
- Raxbarlikning iqtisodiy va ma'muriy uslublarini birlashtirgan xolda, belgilangan mukofotlash tizimlari bo'yicha xujjatlarni ko'rib chiqishni tashkil etadi.
- Iqtisodiy va ijtimoiy kelajakdagi ko'rsatkichlarni tuzish bo'yicha uzelning xamma korxonalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va raxbarlik qiladi.
- Kompaniya korxonalari va boshqa korxonalar bilan uzel tomonidan tuzilgan shartnomalar shartlarining bajarilishini nazorat qiladi. Iqtisodiy bozor asoslarining o'zaro munosabatlarini joriy qilish, ishlab chiqarish boshqaruvi iqtisodiy uslublarining rolini oshirish va takomillashtirish, joriy qilish bo'yicha masalalarni muxokama qilish va xal qilishda yagona raxbarlik va bamaslaxatlik tamoyilarini birgalikda xisobga olgan xolda, tizim korxonalari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
- Uzel bo'linmalarining moliyaviy ishi va xo'jalik faoliyatini rejalashtirish masalalarini nazorat qiladi.
- Uzel buyruqda ko'rsatilgan lavozim majburiyatlari, xamda uzelga yuklangan vazifalar bajarilishi bo'yicha va“O'zbekiston temir yo'llari AJ Nizomi va uzel Nizomiga rioya qilishda O'zbekiston Respublikasi amaldagi mexnat qonunchiligida belgilangan doirada ma'suliyatlidir.
1986 yil Toshkent shahrida tug’ilgan. Мillati - o’zbek. Ma’lumoti - oliy. 2007 yilda Toshkent temiryo’l transporti muhandislari institutining “Temiryo'l transportida tashish jarayonlarini boshqarish” mutaxassisligini tamomlagan. Shu institutda 2009 yilda "Halqaro yuklar tashish" mutaxassisiligi bo'yicha magistraturani tamomlagan.
Toshkent temiryo’l muhandislari institutini tamomlagandan so’ng, 2007 yildan 2010 yilgacha "O'zbekiston temir yo'llari" DAK Toshkent mintaqaviy temir yo'l uzelida turli lavozimlarda faoliat olib borgan. Bular: Chuqursoy stantsiyasi saralash tepaligi operatori, saralash tepaligi bo'yicha navbatchisi, stantsiya bo'yicha navbatchisi qoshidagi operatori, stantsiya bo'yicha navbatchisi.
2010-2011 yillarda "O'zbekiston temir yo'llari" DAK yagona dispetcherlik markazi bojxona ishlari bo'yicha poezd dispetcheri, 2-tuman tashishlar bo'limi poezd dispetcheri sifatida ishlagan.
2011-2012 yillarda "O'zbekiston temir yo'llari" DAK Toshkent mintaqaviy temir yo'l uzeli Yalangach stantsiyasi boshlig'i sifatida ishlagan.
2012 yillarda "O'zbekiston temir yo'llari" DAK tashishlarni tashkil etish boshqarmasi yuklarni turlari bo'yicha ortish va tushirish bo'limi boshlig'i lavozimida ishlab kelgan.
Bundan tashqari, 2012-2015 yillarda "O'zbekiston temir yo'llari" DAK Toshkent mintaqaviy temir yo'l uzeli tashish va stantsiya ishlari bo'limining tashish jarayonini tashkil etish texnologiyasiga rioya qilishni nazorat etish va o'rgatish bo'yicha murabbiysi, O'zbekiston va Boz-su stantsiyalarining boshlig'i sifatida ishlagan.
2015-2016 yillarda "O'ztemiryo'lkonteyner" aktsiyadorlik jamiyati moliya, investitsiya va istiqbolli rivojlanish bo'yicha direktori lavozimida ishlab kelgan.
2016 -2019 yillarda “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati yuqori tezlikdagi yo'lovchi poezdlar xarakatini tashkil etish va foydalanish bo'yicha boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari bo’lib tayinlangan.
2019 yildan “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati Toshkent Mintaqaviy temir yo'l uzelining bosh muhandisi lavozimida ishlamoqda .
Oilali, uch nafar farzandning otasi – bir o'g'il va ikki qizi bor.
- Ilg'or ilmiy –texnik tadqiqotlarni joriy qilishda boshchiliq qiladi, uzelning xamma bo'linmalarida texnologik va texnik masasalarni kompleks xal qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni o'tkazishni tashkil qiladi, ishlab chiqarish fondi asosiy mablag'larni yangilash, rivojlantirish va samarali ishlatishga boshchilik qiladi;
- Uzelning xamma bo'linmalarining ishlab chiqarishini ishlash va rivojlantirish masalalarini nazorat qiladi, moddiy-texnika ta'minoti, texnik vositalar ta'mirini, qo'l stidagi bo'linmalarni belgilangan tartibda belgilangan me'yor va limitlarga muvofiq
yoqilg'i-energetik va moddiy-texnika resurslar bilan ta'minlashni tashkil etadi. Xarakatdagi sostavning sifatli ta'mirini o'tkazishga va ta'mirlash bazasini rivojlantirishga amaliy yordam beradi;
- Ijtimoiy ob'ektlar qurilishi va ta'mirini belgilangan muddatlarda tashkil etadi, kapital ta'mirga qaratilgan mablag'larning o'z vaqtida kiritilib to'la o'zlashtirilishini nazorat qiladi;
- Uzelning ijtimoiy ob'ektlari va ishlab chiqarish binolarining kapital ta'mirlash rejasini ta'minlash bo'yicha masalalarini nazorat qiladi;
- Uzel tizimidagi xamma bo'linmalarining texnikaviy vositalari ustidan nazoratni texnologik intizomga, xavfsizlik texnikasi, mexnatni muxofazalash va ishlab chiqarish sanitariyasi bo'yicha qoida va me'yoriga, xamda tabiatni muxofazalash, sanitariya va boshqa organlar talablariga rioya qilish orqali amalga oshiradi;
- Ratsionalizatorlik va ixtirochilik faoliyatini, standartlash va sertifikatlashtirish, ish joylarini attestatsiya qilish va ratsionalizatorlash, metrologik ta'minot, ishlab chiqarishni, mexnat va boshqaruvni ilmiy asosda tashkil etishni takomillashtirish, xamda xisoblash texnikasi, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga mablag'larni joriy qilish ishlarini nazorat qiladi;
- Ilmiy izlanishlar o'tkazishni, xamda propaganda va ilmiy-texnika axborotlari soxasida ishlarni tashkil etadi.
Uzel boshlig'ining kadrlar va ijtimoiy masalalar bo'yicha o'rinbosari v.b.
Oliy ma'lumot. 2004-yilda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutini “Tashish jarayonlarini boshqarish” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
2004-2007-yillarda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutini tamomlab, “O‘zzeldorpass” OAJda navbatchi operator, Toshkent-yo‘lovchi stansiyasi navbatchisi lavozimlarida ishlagan.
2007-2009-yillarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK Yagona dispetcherlik markazida poyezd dispetcheri lavozimida ishlagan.
Keyinchalik, 2009-2017-yillarda Toshkent viloyati temir yo‘l uzeli Yalangach stansiyasi boshlig‘i o‘rinbosari, uzel boshlig‘i yordamchisi, kadrlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha boshliq o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Keles stansiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari, “Toshkent-tovarnaya” stansiyasi boshlig‘i, Salar va Sirdaryo stansiyalari boshlig‘i.
2018-2019-yillarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” “Toshkent hududiy temir yo‘l uzeli” AJ transport va stansiya ekspluatatsiyasi bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
2018-yildan hozirgi kungacha Xovos uchastkasi bo‘yicha tugun boshlig‘ining o‘rinbosari, Xovos stansiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.
Qodirov A.Sh. uylangan, bir o‘g‘il, bir qizi bor.
Uzel boshlig'ining o'rinbosari - yuk tashish va bekat ishlari bo'limi boshlig'i
- Tashishlar jarayonini tashkil etish ishlari va yuklarni tashish bo'yicha rejaviy topshiriklarni bajarish ishlariga boshchilik qiladi;
- Tashilayotgan yuklar butligini, texnikaviy vositalarning o'z vaqtida va sifatli ta'mirini, saqlash va xizmat ko'rsatish ishlari;
- Tortish vositalari va lokomotiv brigadalarni ratsional ishlatish soxasida tashish jarayonini ta'minlash, tashishlar sifatini oshirish, texnik vositalar va xarakatdagi sostavni samarali ishlatish, tashish jarayonini boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish, butun nomenklatura bo'yicha yuk ortish rejasini bajarishni ta'minlash ishlarini;
- Texnikaviy reglamentlar talablarini bajarish, foydalanish, ta'mirlash va vositalarga profilaktik xizmat ko'rsatish bo'yicha standartlash, texnikaviy shartlar va boshqa me'yoriy xujjatlarini joriy qilish ishlari;
- Qo'l ostidagi stantsiyalar ustidan nazoratni olib boradi;
- Elektroenergiya, yoqilg'i, moddiy texnika resurslarining sarflash bo'yicha belgilangan me'yorlariga rioya qilish ustidan;
- Ishlab chiqarish qoidalari, mexnat intizomi va ichki mexnat tartib qoidalariga xodimlar rioya qilishi ustidan;
- Poezdlar xarakati xavfsizligi, mexnatni muxofazalash me'yorlari va qoidalari, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi chora-tadbirlariga rioya qilish ustidan;
- Stantsiya xodimlarini mukofotlash va mexnat to'lovlari bo'yicha amaldagi nizomlarini qo'llash to'g'riligi ustidan nazorat olib boradi;
- Ishlab chiqarish taraqqiyotining yillik va kelajakdagi rejalarini ishlab chiqarishda, yangi texnikani joriy qilish, mexnatni tashkil qilish, moddiy texnika va ishlab chiqarish bazasini qayta tiklash va texnik qayta qo'rollantirish, atrof muxitni muxofazalash tadbirlarida qatnashadi.
Uzel boshlig'ining Xovos mintaqasi bo'yicha o'rinbosari-Xovos stantsiyasi boshlig'i